“Paxtakor”dan super gʻalaba va jamoa guruh peshqadamiga aylandi

Bugun Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur oʻyinlariga start berildi. “V” guruhida kurash olib borayotgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bu safar oʻzining navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Futbolchilarimiz 2-turda musobaqa debyutanti boʻlmish Eronning “Shahr Xodro” klubiga qarshi maydonga tushdi. “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtgan mazkur oʻyinda vakillarimiz yirik – 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Tanaffusdan keyin mezbonlar ustunlikni qoʻllariga olishdi va bu hisobda ham aks etdi. Dastlab 56-daqiqada Masharipovning ajoyib pasidan soʻng Sergeyev hisobni ochgan boʻlsa, oradan 3 daqiqa oʻtib Masharipov-Hamdamov kombinatsiyasini yana oʻsha Sergeyev muvaffaqiyatli yakunladi va dubl qayd etdi.

Oʻyin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, yaʼni 87-daqiqada yana oʻsha Masharipovning pasidan soʻng Aʼzamov hisobni 3:0 koʻrinishiga olib keldi. Oʻyin xuddi shu hisob bilan yakunlandi va “paxtakor”chilar vaqtincha boʻlsa-da “V” guruhi peshqadamiga aylanib olishdi.

Ushbu guruhdagi ikkinchi oʻyinda BAAning “Shabab Al-Ahli” jamoasi oʻz maydonida musobaqaning amaldagi gʻolibi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan kuch sinashadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169