Sambochilarimiz Minskka yetib borishdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-21 fevral kunlari Minsk shahrida “Belorus Prezidenti sovrini” uchun “А” toifali xalqaro turnir boʼlib oʼtadi.

Bugun, sambo boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamaosi aʼzolari Minsk shahriga yetib borishdi. Ertaga sportchilarimiz Belarus termasi vakillari bilan birinchi oʼquv yigʼin mashgʼulotlarida ishtirok etishadi.

Maʼlumot uchun, ushbu xalqaro turnirda sambo boʼyicha terma jamoamiz aʼzolari 18 nafar ishtirokchi bilan qatnashishadi.

Mazkur turnirda 30 ga yaqin davlatdan 250 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu turnir joriy yilning mart oyida Rossiya federatsiyasida boʼlib oʼtadigan kattalar oʼrtasidagi jahon kubogiga tayyorgarlik koʼrish vazifasini bajarishi bilan bir qatorda, 2022 yil Xitoyning Xanchjo shahrida boʼlib oʼtadi gan Osiyo oʼyinlariga tayyorgarlik bosqichini oʼtab berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Maʼlumot oʼrnida taʼkidlash lozim, 2018 yil 30 noyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida boʼlib oʼtgan Xalqaro olimpiya qoʼmitasi ijro yigʼilishida sportning sambo turi olimpiya sport turi deb tan olingan hamda Osiyo oʼyinlari dasturiga kiritilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169