Chirchiqda boks boʼyicha xalqaro musobaqa oʼtkazilmoqda

Kecha, 16 fevral kuni Chirchiq shaxrida boks boʼyicha xalqaro musobaqa strat oldi.

Ushbu turnir Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining boks taʼlim yoʼnalishi boʼyicha tugatgan faxriy sportchilar xotirasiga bagʼishlab katta yoshdagi sportchilar oʼrtasida boks boʼyicha xalqaro turnir start oldi.

Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashqari Qozogʼiston, Qirgʼiziston va Tojikistondan tashrif buyurgan charm qoʼlqop ustalari kurash olib borishmoqda. 

Ushbu musobaqada 119 nafar sportchi 10 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib bormoqda. 

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Oʼzbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi oʼrinbosari Saken Poʼlatov, Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabaev, boksimiz faxriylari, sportchi va murabbiylar, hakamlar, muxlislar ishtirok etishdi.

Bahslar qizgʼin ravishda davom etmoqda. Janglar har kuni soat 11:00da start oladi. Final janglari 20 fevral kuni tashkil etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169