Ogʻir atletika: Toshkentda jahon rekordi yangilandi, hamyurtimizda esa kumush medal...

Shu kunlarda ogʻir atletika sporti ishqibozlari nigohi Toshkentga qaratilgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining kechagi dasturida oʻgʻil bolalar oʻrtasida -73 kg vazn toifasida yangi jahon rekordi oʻrnatildi.

Oʻsmirlar oʻrtasida kechgan ushbu vazn toifasidagi bahslarda hamyurtimiz Hojiakbar Olimov ham munosib ishtirok etdi va u uchta kumush medalga sazovor boʻldi. Oʻzbek oʻgʻloni dast koʻtarish mashqida 126 kg, siltab koʻtarishda esa 161 kg, ikki kurashda 287 kg natija qayd etdi. Bir qarashda yomon natija emas, biroq Olimovning oltin medalga sazovor boʻlmaganiga sabab, bu vazn toifasida unga juda kuchli raqib qarshilik qilayotgan edi. Indoneziyalik Rizqi Juniansyax ushbu vazn toifasida oʻsmirlar oʻrtasida ham dast koʻtarish, ham ikki kurashda jahon rekordlarini yangiladi. Kuchli uchlikka esa Xitoy Taypeyi vakili Jia Yu Pan yakun yasab berdi.

Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati

-73 kg:

1. Rizqi Juniansyax (Indoneziya) – 307 kg (139 kg, 168 kg) yangi jahon rekordi

2. Hojiakbar Olimov (Oʻzbekiston) – 287 kg (126 kg, 161 kg)

3. Jia-Yu Pan (Xitoy Taypeyi) – 245 kg (110 kg, 135 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169