Osiyo chempionati: Ikki yosh sportchimizdan navbatdagi oltin medallar

Ogʼir atletika boʼyicha oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasida Toshkent shahrida boʼlib oʼtayotgan Osiyo chempionati bugungi kungi bahslarida ikki hamyurtimiz chempionlikni qoʼlga kiritdi.

Terma jamoamiz vakilasi Nigora Suvonova musobaqaning -71 kg vazn toifasida ishtirok etib, dast koʼtarishda 86 kg natija koʼrsatib, kumush medal egasiga aylandi. Siltab koʼtarishda esa 113 kg toshni koʼtarib, barcha raqiblaridan ustun ekanligini namoyish etdi va ikki kurash natijasiga koʼra chempionlikni oʼziniki qildi.

Yoshlar oʼrtasida Osiyo chempionati.
Qizlar, -71 kg:

1. Nigora Suvonova (Oʼzbekiston) - 199 kg (86, 113)
2. Runa Segava (Yaponiya) - 198 kg (87, 111)
3. Merna Hasan (Suriya) - 185 kg (82, 103) .

“Oʼzbekiston” sport majmuasida boʼlib oʼtayotgan musobaqaning qizlar oʼrtasida -76 kg vazn toifasidagi bahslarida Oʼzbekiston nomidan Tursunoy Jabborova ishtirok etdi.

Ushbu vazn boʼyicha tashkil etilgan musobaqalarda hamyurtimiz dast koʼtarishda 107 kg, siltab koʼtarishda 123 kg natija koʼrsatgan holda oltin medallarni oʼziniki qilib oldi.

Oʼsmirlar oʼrtasida Osiyo chempionati.
Qizlar, -76 kg:

1. Tursunoy Jabborova (Oʼzbekiston) - 230 kg (107, 123)
2. Mari Jagili (Suriya) - 188 kg (83, 105)
3. Pan Yu Ru (Xitoy Taypeyi) - 177 kg (80, 97) .

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 10:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169