Samarqandda sambo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start oldi

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq joriy yil 13-16-fevral kunlari Samarqand shahrida sambo hamda jangovar sambo boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari oʻtkazilmoqda.

Ushbu musobaqada mamlakatimizning 14 ta hududidan jami 598 nafar saralangan sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishmoqda. Ularning 104 nafarini qizlar tashkil qiladi. Oʻzbekiston chempionatida erkaklar -52, -57, -62, -68, -74, -82, -90, -100 hamda +100 kg, ayollar esa -48, -52, -56, -60, -64, -68, -72, -80 va +80 kg vazn toifalarida gilamga tushmoqda.

Chempionatning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi prezidenti Alisher Alimov 2020-yilgi sport mavsumining boshlanishi bilan barchani samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, sambo boʻyicha 2019-yilgi jahon chempioni Davlatjon Hamroyevga 10 000 000 (oʻn million) soʻmlik pul mukofoti sertifikatini topshirish barobarida isteʼdodli sportchining mamlakatimizda sambo sporti rivojiga qoʻshayotgan beqiyos ulushini alohida eʼtirof etdi.

Musobaqada oʻzining iqtidorini namoyish etgan sportchilar milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilinib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniga ega boʻlishadi. Bu esa bellashuvlarning yana-da shiddatli va murosasiz oʻtishini taʼminlaydi. Bellashuvlar yakunida gʻolib va sovrindorlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmat

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169