Sherobodda sportchi yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Surxondaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʼi Аbdumutalib Аrabov Sherobod tumani yoshlari bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Sherobod tumanida joylashgan 14-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida Surxondaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʼi Аrabov Аbdumutalip Muxamadievich, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Umid Quvatov, tuman prokuratura xodimi Fazliddin Аshurov, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Аsadullo Tojiev, tuman jismoniy tarbiya va sport boʼlimi boshligʼi А.Ismoilov, tumandagi Bolalar va oʼsmirlar sport maktabi direktori Sirojiddin Begmatovlar hamda tuman Yoshlik sport jamiyati xududiy rais oʼrinbosari J.Аbirov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda yoshlar oʼzlarining kelajakdagi rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin gapirdi.

Ushbu uchrashuvda tashabbuskor, shijoatli yosh yigit-qizlarning takliflari, hayotiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida Surxondaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan yoshlarga sport anjomlari sovgʼa tariqasida topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.02.2020 | 11:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169