Samarqandda yengil atletika boʼyicha Oʼzbekiston chempionati yakunlandi

Kecha, 13 fevral kuni Samarqand shahrida yopiq inshootlarda yengil atletika boʼyicha Oʼzbekiston chempionati oʼz yakuniga yetdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya vazirligining 2020 yilga moʼljallangan ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari kalendarь rejasiga asosan tashkillashirilgan musobaqada 2007-2010 yillarda tugʼilgan oʼsmirlar oʼzaro gʼoliblik uchun kurash olib borishdi.

Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internati manejida uch kun davom etgan turnirda respublikamizning barcha hududlaridan jami 300 dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa natijasiga koʼra umumjamoa hisobida Toshkent shahri 1-oʼrinni, Fargʼona viloyati 2-oʼrinni, Namangan viloyati 3-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

Musobaqa gʼolib va sovrindorlari Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining diplom, medalь va qimmatboho sovgʼalari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

и

Saytning oxirgi yangilanishi:
31.03.2020 | 14:47
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169