Chirchiqda dzyudo boʼyicha viloyat birinchiligi oʼtkazildi

Chirchiq shahrida oʼsmirlar oʼrtasida dzyudo boʼyicha Toshkent viloyati birinchiligi oʼtkazildi.

“Kimyogarlar” sport majmuasida tashkil etilgan mazkur musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 2003-2004 yillarda tugʼilgan oʼsmirlar oʼzaro gʼoliblik uchun kurash olib borishdi.

Ushbu musobaqa dzyudo buyicha oʼsmirlar oʼrtasida boʼlib oʼtuvchi Oʼzbekiston chempionatiga munosib tayyorgarlik koʼrish, yosh sportchilar orasidan eng kuchlilarini saralab olgan holda viloyat terma jamoasini shakllantirish maqsadida oʼtkazildi.

Viloyat birinchiligida 7 ta vazn toifasida 100 nafardan ortiq sportchilar bahs olib borishdi.

Musobaqa natijalariga koʼra gʼolib va sovrindorlar dzyudo federatsiyasining Toshkent viloyati boʼlimi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
08.08.2020 | 14:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169