Xalqaro birdamlik musobaqasining soʼngi kuni ham hamyurtlarimizga omadli keldi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida ogʼir atletika boʼyicha Xalqaro birdamlik musobaqasi boʼlib oʼtmoqda.

Oltinchi bor oʼtkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqaning soʼnggi kunida 4 ta vazn toifasida bellashuvlar musobaqaga yakun yasab berdi.

Bugungi dasturdan oʼrin olgan bahslarda -96 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Umarbek Shohnazarov dast koʼtarishda 155 kg toshni oʼziga buysindirib bronza medalini qoʼlga kiritdi. Hamyurtimiz siltab koʼtarishda 186 kg natija koʼrsatib, bu borada toʼrtinchi boʼldi. Lekin, hamyurtimiz ikki kurash natijasida umumiy hisobda yana bir bronza medaliga sazovor boʼldi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -96 kg:

1. Ilya Ilin (Qozogʼiston) – 355 kg (160 kg, 195 kg)
2. Fares Elbax (Qatar) – 353 kg (159 kg, 194 kg)
3. Umarbek Shohnazarov (Oʼzbekiston) – 341 kg (155 kg, 186 kg).

Shundan soʼng, -109 kg vaznda kurashga qoʼshilgan hamyurtimiz Аkbar Joʼraev raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, barcha oltin medallarni oʼziniki qildi.

U dast koʼtarishda 189 kg tosh koʼtargan boʼlsa, siltab koʼtarishda 221 kg natija qayd etdi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -109 kg:

1. Аkbar Joʼraev (Oʼzbekiston) – 410 kg (189 kg, 221 kg)
2. Ibragim Bersanov (Qozogʼiston) – 387 kg (181 kg, 206 kg)
3. Ki Sam Jeong (Janubiy Koreya) – 361 kg (171 kg, 190 kg).

Shu tariqa, poytaxtimiz mezbonlik qilgan Xalqaro birdamlik musobaqasiga yakun yasaldi. Ertaga ishtirokchilar dam olishadi. 14-fevraldan ogʼir atletika boʼyicha yoshlar oʼrtasida Osiyo chempionatiga start beriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
26.10.2020 | 13:19
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169