Xalqaro birdamlik musobaqasi: Аtletlarimizdan navbatdagi oltin medallar 

Hozirgina Toshkent shahrida boʼlib oʼtayotgan ogʼir atletika boʼyicha Xalqaro birdamlik musobaqasining uchinchi kungi bellashuvlariga yakun yasaldi.

Eʼtiborlisi, bugungi bahslarda ikki yosh sportchimiz oʼz raqiblarini dogʼda qoldirib terma jamoamiz uchun navbatdagi oltin medallarni tuhfa etdi.

Dastlab, -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan MuhammadqodirToshtemirov dast koʼtarishda 160 kg, siltab koʼtarishda esa 181 kg tosh koʼtarib oltin medalga ega chiqdi. Eʼtiborlisi, sportchimiz har ikki urinishda bittadan imkoniyatidan foydalanmadi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -81 kg:

1.Muhammadqodir Toshtemirov (Oʼzbekiston) – 341 kg (160 kg + 181 kg)
2.Emil Moldodosov (Qirgʼiziston) – 333 kg (181 kg + 152 kg)
2. Rustem Аnnaberdiev (Turkmaniston) – 326 kg (147 kg + 179 kg).

Shundan soʼng, -89 kg vaznda ishtirok etuvchi sportchilar tosh koʼtarishga kirishishdi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini 19 yoshli Sarvarbek Zafarjonov munosib himoya qilib, dast koʼtarishda 160 kg, siltab koʼtarishda 182 kglik toshni oʼziga buysundirdi va raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -81 kg:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 10:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169