Sambochilarimiz xalqaro turnirda ishtirok etishadi

Joriy yilning 17-21-fevral kunlari Rossiyaning Minsk shahrida “Belorus Prezidenti sovrini” uchun “A” toifali xalqaro turnir boʻlib oʻtadi.

Ushbu xalqaro turnirda sambo boʻyicha terma jamoamiz aʼzolari ham 18 nafar ishtirokchi bilan qatnashishadi.

Mazkur turnirda 30 ga yaqin davlatdan 250 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu turnir joriy yilning mart oyida Rossiya federatsiyasida boʻlib oʻtadigan kattalar oʻrtasidagi jahon kubogiga tayyorgarlik koʻrish vazifasini bajarishi bilan bir qatorda, 2022-yil Xitoyning Xanchjo shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik bosqichini oʻtab berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, 2018-yil 30-noyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro olimpiya qoʻmitasi ijro yigʻilishida sportning sambo turi olimpiya sport turi deb tan olingan hamda Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
18.02.2020 | 11:54
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169