Xalqaro birdamlik musobaqasining bugungi bahslarida 4 nafar sportchimiz shohsupaga koʼtarildi

Poytaxtimizda oʼtkazilayotgan 6-Xalqaro birdamlik musobaqasining ikkinchi kuni hamyurtlarimiz uchun juda omadli yakunlandi.

Bugungi dasturdan oʼrin olgan bahslarda ayollar oʼrtasida -64 kg va -71 kilogram vazn toifalarida bellashuvlar yakuniga yetdi.

Ushbu vazn toifalarida startga chiqqan 3 nafar vakilamizning barchasi shohsupaga koʼtarildi. -71 kg vaznda Kumushxon Fayzullaeva dast koʼtarishda 99 kilogramm, siltab koʼtarishda 124 kilogramm, ikki kurash boʼyicha esa 223 kilogramm natija bilan 3 ta oltin medalni qoʼlga kiritishga muvaffaq boʼldi. Ushbu vazn toifasida qatnashgan yana bir vakilamiz Nigora Suvonova kumush, -64 kilogram vazn toifasida Fotima Habibulloeva bronza medallari bilan taqdirlandi. 

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Аyollar, -64 kg:

1. Berfin Аltun (Turkiya) – 209 kg (91 kg + 118 kg)
2. Аndrea Olaru (Ruminiya) – 208 kg (95 kg + 113 kg)
3. Fotima Habibulloeva (Oʼzbekiston) – 164 kg (74 kg + 90 kg)

Аyollar, -71 kg:

1. Kumushxon Fayzullaeva (Oʼzbekiston) – 223 kg (99 kg + 124 kg)
2. Nigora Suvonova (Oʼzbekiston) – 199 kg (89 kg + 110 kg)
3. Аlina Krichuk (Ukraina) – 176 kg (78 kg + 98 kg)

Shuningdek, erkaklar oʼrtasidagi bahslarda Doston Yoqubov jamoamizning navbatdagi medallariga egalik qildi.

-73 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan hamyurtimiz dast koʼtarish mashqida 137 kilogramm natija qayd etib, ushbu yoʼnalida bronza medaliga sazovor boʼldi. Siltab koʼtarishda esa 177 kilogramm koʼrsatkich va ikki kurashdagi 314 kilogramm Yoqubovga yana ikkita kumush medallarni taqdim qildi. Gʼoliblik Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi turkiyalik Doniyor Ismoilovga nasib etdi. 

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -73 kg:

 
1. Doniyor Ismoilov (Turkiya) – 344 kg (167 kg + 187 kg)
2. Doston Yoqubov (Oʼzbekiston) – 314 kg (137 kg + 177 kg)
3. Mahmud Muhammad Аl Humayd (Saudiya Аrabistoni) – 313 kg (141 kg + 172 kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
31.03.2020 | 14:47
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169