Otabek Umarov Oʼrta Osiyo MMА konfederatsiyasi rahbari etib tayinlandi

Oʼrta Osiyo mamlakatlari boʼyicha yangi xalqaro tashkilot – Oʼrta Osiyo MMА konfederatsiyasi tuzildi.

Maʼlum boʼlishicha, bugun 9 fevral kuni Qozogʼiston poytaxti Nur-sulton shahrida Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi (IMMAF) kengashining navbatdagi yigʼilishi yakuniga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtgan.

Unda Oʼrta Osiyo MMА konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib Oʼzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi prezidenti va Oʼzbekiston Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov tayinlangan. Shuningdek, xalqaro tashkilotning vitse-prezidenti lavozimlariga Iskander Karim va Valixan Ten tayinlangan.

Oʼzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov yangi tuzilgan prezidenti etib tayinlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169