TAYINLOV: Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohidov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishga raislik qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov soʻnggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi. Shu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targʻibotini yana-da kuchaytirish zarurligiga urgʻu qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy oʻzgarishlar yuz berganligi maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Irmatov Ravshan Sayfiddinovich jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, Shukurov Elbek Habibullayevich esa jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Ravshan Irmatov – 1977-yil 9-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1995-1999-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)da tahsil olgan. R.Irmatov oʻzining mehnat faoliyatini Respublika oliy sport futbol maktabida murabbiy sifatida boshlab, keyinchalik “Chigʻatoy” futbol oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi xalqaro markazi murabbiyi, 2004-2010-yillarda esa futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiyi, 2010-yildan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2019-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Ravshan Sayfiddinovichning mamlakat futboli rivoji yoʻlidagi ulkan xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilgan holda 2010-yilda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014-yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2015-yilda esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Taʼkidlash joiz, Ravshan Irmatov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Elbek Shukurov – 1988-yil 18-martda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005-2009-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2009-yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro munosabatlar, sport va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻlimi bosh mutaxassisi sifatida boshlagan. Soʻngra “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari, keyinchalik raisi, 2015-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining aʼzosi, 2018-yildan hozirga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

E.Shukurovning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoʻlidagi xizmatlari hukumatimizning yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlib, 2017-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi R.Irmatov hamda E.Shukurovlarni masʼuliyatli lavozimlarga tayinlanganligi bilan muborakbod etadi. Shuningdek, vazirlikda samarali faoliyat olib borgan vazirning birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov hamda vazir oʻrinbosari Sharif Moʻminjonovlarga kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169