Oʼzbekiston Superligasiga qurʼa tashlandi

Bugun, 8 fevral kuni 2020 yilgi Oʼzbekiston Superligasi bahslariga qurʼa tashlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Marosim poytaxtimizdagi muhtasham “Milliy” stadionida tashkil etildi va unda ushbu yilda oliy divizionda ishtirok etuvchi 14 ta klub rahbariyati va murabbiylari ishtirok etishdi.

Qurʼa marosimida yaqin oʼtmishning kuchli futbolchilari Server Jeparov va Аzizbek Haydarov 1-turda qaysi jamoalar oʼzaro raqib boʼlishini aniqlab berdi.

1-tur:

"Qizilqum" – "Nasaf"
"Surxon" – "Bunyodkor"
"Mashʼal" – "Soʼgʼdiyona"
АGMK – "Metallurg"
"Qoʼqon-1912" – "Buxoro"
"Paxtakor" – "Navbahor"
"Lokomotiv" – "Аndijon"

Marosimda maʼlum qilindiki, Chempionatning ilk oʼyini 27 fevral kuni “Paxtakor” va “Navbahor” oʼrtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi.

Shuningdek, ushbu tadbirda “Coca-Cola kubogi” musobaqasining 2020 yildagi final uchrashuvi rasman Namangan shahridagi “Navbahor” markaziy stadionida oʼtkazilishi maʼlum qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169