Toshkent viloyatida ot sportini rivojlantirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda

Keyingi yillarda mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, ushbu sport turini aholi oʼrtasida keng ommalashtirish maqsadida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 fevraldagi PQ-4194-son “Oʼzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq ot sporti bazalari tashkil etish va mavjudlaridan oqilona foydalanish qoʼyildi.

Toshkent viloyati yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʼsmirlar sport maktabi qoshida ham ot sporti bilan muntazam shugʼullanish uchun sharoit mavjud boʼlsada, bu yerda malakali murabbiy va sportchilarga boʼlgan sharoit talab darajasida emas edi.

Shu boisdan Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʼi tomonidan viloyatda ot sporti bilan shugʼullanuvchilar sonini oshirish va yaqin kelajakda ushbu sport turi boʼyicha mahoratli sportchilani yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Boshqarma boshligʼi Komiljon Аdilov yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʼsmirlar sport maktabi qoshidagi ot sporti bazasinining bugungi holatini oʼrgangan holda bu yerdagi malakali mutaxassislar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kerakli kadrlarni jalb etish va ularni munosib ragʼbatlantirish masalalarini muhokama qildi va IBOʼSMda ot sporti boʼyicha mehnat qilayotgan har bir mutaxassisga boshqarmaning qimmatbaho sovgʼalarini topshirdi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan murabbiylar va sportchilar uchun maxsus sport formalari taqdim etildi. Umid qilamizki, tez orada bu kabi islohotlar oʼz samarasini berib, xalqaro maydonlarda Oʼzbekiston sharafini munosib himoya qiladigan qator sportchilar yetishib chiqadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169