Eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 5-9 fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida sportning akademik eshkak eshish turining mexanik eshkak eshish yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu chempionatga 4 nafar sportchi, 2 nafar trener hamda tarjimondan tarkib topgan Oʻzbekiston delegatsiyasi ham joʻnab ketgan.

Mazkur jahon chempionati Xalqaro kanoe federatsiyasi tartib qoidalariga muvofiq bir yilda bir marotaba oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro sport musobaqasi hisoblanib, unda Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirok etishi sportchilarimiz uchun katta tajriba almashish imkoniyatini beradi.

Qolaversa, ushbu jahon chempionatida sportning akademik eshkak eshish turining mexanik eshkak eshish yoʻnalishi rivojlangan dunyoning 52 ta davlatidan 3000 nafardan ortiq kuchli sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu esa oʻz navbatida sportchilarimizning dunyoning kuchli sportchilari bilan bahslarda jismoniy holatini koʻrib olish va kelgusi musobaqalarda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.

Sportchilarimizga mazkur musobaqada omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169