Superliga bahslariga qachon qurʼa tashlashlanishi maʼlum boʼldi

28 fevraldan start oladigan futbol boʼyicha Oʼzbekiston Superligasining 2020 yilgi 29-mavsumi uchun qurʼa tashlash marosimi 8 fevral kuni boʼlib oʼtadi. Marosim shu kuni soat 18:00 da ,,Bunyodkor” stadionida oʼtkaziladi.

Xabaringiz bor, joriy yilgi mavsumda ham Superligada 14 ta jamoa ishtirok etadi. Oʼtgan mavsum quyi ligaga tushib ketgan Samarqandning ,,Dinamo” jamoasi oʼrniga A Pro-liga gʼolibi Muborakning ,,Mashʼal” klubi oliy divizionning yuqori oʼrinlari uchun kurash olib boradi. Chempionat formati ham oʼtgan mavsumdagi kabi ikki davrali tizimda – uy-mehmon koʼrinishida oʼtkaziladi.

Eslatib oʼtamiz, 2019 yilgi mavsumda chempionilikni poytaxtning ,,Paxtakor” klubi qoʼlga kiritgan edi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169