Koronavirus sabab futzal boʼyicha Osiyo chempionati ham qoldirildi

Joriy yilning 26 fevral – 8 mart kunlari Turkmaniston davlatida boʼlib oʼtishi kerak boʼlgan futzal boʼyicha Osiyo chempionati nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Bunga sabab Xitoyda keng tarqalgan koronavirus xavfi ortib borayotganidadir. Hozirda ushbu musobaqaning qaysi sanada oʼtkazilishi maʼlum emas. Tez kunlarda OFK tomonidan bunga aniqlik kiritilishi kerak.

Eslatib oʼtamiz, futzal boʼyicha ushbu Osiyo chempionatida joriy yilning 12 sentyabr va 4 oktyabr kunlari Litva davlatida boʼlib oʼtadigan Jahon chempionati uchun yoʼllanmalar ham oʼynaladi.

Osiyo chempionatida kuchli beshlikka kira olgan terma jamoalar Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʼlga kiritadi. Bundan oldingi Jahon chempionati Kolumbiya davlatida oʼtkazilgan boʼlib, unda Oʼzbekiston futzalchilari ishtirok etishgan edi.

Maʼlumot uchun, Oʼzbekiston futzal terma jamoasi mazkur musobaqaning S guruhida Bahrayn, Indoneziya va Xitoy termalariga qarshi kurash olib borishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169