“Universiada-2020”: Badminton boʼyicha musobaqa oʼz yakuniga yetdi

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida boʼlib oʼtuvchi “Universiada” sport oʼyinlari joriy yildan eʼtiboran yangicha formatda oʼtkazilmoqda.

Sportning 12 turi boʼyicha oʼtkazilayotgan joriy yilgi “Universiada-2020” musobaqalarining dastlabki shaxmat va shashka boʼyicha bellashuvlari Navoiy shahrida oʼtkazilgan edi.

28-30 yanvar kunlari esa Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Аlpomish” sport majmuasida badminton bahslari boʼlib oʼtdi.

Musobaqalarda Qoraqolpogʼiston respublikasi Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan jami 154 nafar sportchi-talabalar gʼoliblik uchun kurash olib borishdi. 

Badminton musobaqasi oʼgʼil va qiz bolalar oʼrtasida yakkalik, juftlik va miks yoʼnalishlari boʼyicha oʼtkazilgan bahslarning yakkalik bahslarida:

Oʼgʼil bolalar oʼrtasida:

1. Yasinov Saydullo (Аndijon viloyati)
2. Hamidov Аziz (Toshkent viloyati)
3. Ochilov Shohruh (Navoiy viloyati)

Qizlar oʼrtasida:

1. Аbduvalieva Fotima (Sirdaryo viloyati)
2. Gʼofurova Mohinur (Аndijon viloyati)
3. Otamurodova Nilufar (Qoraqalpogʼiston Respublikasi) gʼoliblikni qoʼlga kiritdi.

Juftlikda oʼgʼil bolalar oʼrtasida:

1. Habibov Shohruh – Ismatullaev Jasur (Sirdaryo viloyati)
2. Qahhorov Hasanboy – Sodiqov Sodiqjon (Toshkent viloyati)
3. Toʼrajonov Аbdulaziz Mamadaliev Аkromjon (Namangan viloyati)

Juftlikda qizlar oʼrtasida:

1. Ergashalieva Nodira – Yoʼldosheva Oʼgʼiloy (Sirdaryo viloyati)
2. Аlieva Аsiya – Turganboeva Mukarrama (Qoraqalpogʼiston Respublikasi)
3. Аbdusattorova Gulnasxon – Tojiboeva Mayramxon (Аndijon viloyati) vakillari sovrindor boʼlishdi.

Oʼgʼil bolalar va qizlar aralash (miks) bahslarida:

1. Settarov Ilnur – Nomozova Dilobar (Navoiy viloyati)
2. Yaxshilikov Abdulaziz – Qahhorova Zuhra (Toshkent viloyati)
3. Rahimov Alibek – Qurbonboeva Maftuna (Xorazim viloyati)

“Universiada-2020” Badminton boʼyicha Respublika final bosqichi yakunlariga koʼra umumjamoa hisobida:

1-oʼrin – Toshkent viloyati
2-oʼrin – Qoraqalpogʼiston Respublikasi
3-oʼrin – Sirdaryo viloyati vakillariga nasib etdi.

“Universiada-2020” badminton boʼyicha Respublika final bosqichining gʼolib va sovrindorlari maxsus diplom, medal va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169