Navoiyda start olgan “Universiada” sport oʼyinlari Gulistonda davom etmoqda

Xabaringiz bor, Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida boʼlib oʼtuvchi “Universiada” sport oʼyinlari joriy yildan eʼtiboran yangicha formatda oʼtkazilmoqda.

Sportning 12 turi boʼyicha oʼtkazilib kelinadigan ushbu musoqaning final bosqichiga 23 yanvar kuni Navoiy shahrida start berildi.

Dastlab 23-26 yanvar kunlari Navoiy viloyatida shaxmat va shashka musobaqalari oʼtkazilgan boʼlsa, 28 yanvar kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Аlpomish” sport majmuasida badminton baxslariga start berildi.

Musobaqalarda Qoraqolpogʼiston respublikasi Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan jami 112 nafar sportchi-talabalar gʼoliblik uchun bellashishmoqda. Badminton musobaqasi oʼgʼil va qiz bolalar oʼrtasida yakkalik, juftlik va miks yoʼnalishlari boʼyicha oʼtkazilmoqda. Mazkur musobaqa 30 yanvar kuniga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 20:42
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169