Samarqandda regbi boʼyicha viloyat chempionati yakunlandi

Joriy yilning 25 yanvar kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sportning regbi turi boʼyicha “Viloyat ochiq birinchiligi” musobaqasi boʼlib oʼtdi.

Ushbu musobaqa Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi “Regbi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4500-sonli qarori ijrosini taʼminlash va ushbu sport turining aholini oʼrtasida keng targʼib etish maqsadida oʼtkazildi.

Qiziqarli va murosasiz oʼtgan musobaqada 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqada faxrli 1-oʼrinni Nurobod tumani jamoasi qoʼlga kiritgan boʼlsa, 2-oʼrin Toyloq tumani jamoasiga, 3-oʼrin esa Pastdargʼom tumani jamoasi sportchilariga nasib etdi.

Shuningdek, 3 ta nominatsiya boʼyicha faol oʼyinchilar viloyat hokimligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169