Futbolchilarimizni qoʼllab quvvatlash uchun Toshkentdan Tailandga maxsus charter reys yoʼl oldi

Xabaringiz bor, Tailand davlatida U-23 Osiyo chempionati bahslari yana ikki oʼyindan soʼng oʼz yakuniga yetadi. Bugun va ertaga musobaqaning eng muhim ikki oʼyini oʼtkaziladi.

Bugun, hamyurtlarimiz – Oʼzbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari Osiyo chempionatining 3-oʼrini va Tokio Olimpiadasi uchun toʼgʼridan-toʼgʼri yoʼllanmani qoʼlga kiritish uchun Аvstraliya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

Futbolchilarimizni ushbu muhim bahsda maydondan turib qoʼllab-quvvatlash maqsadida erta tongdan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan maxsus charter reys Tailand poytaxti Bangkok shahriga yoʼl oldi.

Ushbu charter reysda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Milliy olimpiya qoʼmitasi mutasaddi xodimlari hamda 150 ga yaqin muxlislar guruhi yoʼl olishdi.

Maʼlumot uchun, Oʼzbekiston — Аvstraliya oʼyini bugun, 25 yanvar kuni Toshkent vaqti 17:30 da boshlanadi. Musobaqa gʼolibligi uchun Saudiya Аrabistoni hamda Janubiy Koreya jamoalari ertaga 26 yanvar kuni bahslashadi.

Ishonamizki, bugun Oʼzbekiston olimpiya terma jamoasi avstraliyalik tengdoshlarini magʼlub etgan holda Tokio Olimpiadasi yoʼllanmasini qoʼlga kiritib, butun xalqimizning azaliy orzusini roʼyobga chiqarishadi. Biz bu yoʼlda futbolchilarimizga omad tilab qolamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169