“Universiada” sport oʼyinlariga start berildi

Joriy yilning 23 yanvardan boshlab, yurtimiz talabalari oʼrtasida sportning 12 ta turi boʼyicha oʼtkazib kelinadigan “Universiada” sport oʼyinlarining final bosqichiga start berildi.

Xususan, 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahri mezbonligida Navoiy davlat Pedagogika Instituti Аxborot-resurs markazi zalida oʼtkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar gʼoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Qayd etish lozim, 2000 yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab, yangi shaklga oʼtkazildi. Yaʼni joriy yildan eʼtiboran “Universiada” sport oʼyinlari Respublikamizning barcha hududlarida oʼtkazilib, 4 iyunga qadar davom etadi.

Shaxmat-shashka musobaqalari oʼgʼil va qizlar oʼrtasida shaxsiy birinchilik uchun kurash boʼyicha 7 tur doirasida oʼyinlar olib boriladi. 24 yanvar kuni 4 ta tur boʼlib oʼtsa, 25 yanvar kuni 3 tur oʼtkaziladi va har bir tur uchun umumiiy bir soat vaqt ajratilib yarim soatdan tanaffus berilmoqda.

25 yanvar oʼyinlari grafigi:

5-tur:09:00
6-tur:10:30
7-tur: 12:00

Oʼtkaziladigan bellashuvlarda 1 500 nafardan ortiq talaba qatnashadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169