Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi litsenzion turnirning qachon oʻtkazilishi maʼlum qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-14-fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi litsenzion turnirning oʻtkazilishi bekor qilingan edi.

Maʼlum qilinishicha, Tokio-2020 Olimpiadasining boks boʻyicha litsenzion musobaqasini tashkil etuvchi qoʻmita bahslar Uxandagi koronavirus sababli qoldirilgani haqida barcha boks federatsiyalariga xat yuborgan.

Unga koʻra, Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11-mart kunlariga koʻchirildi. Ayni paytda tashkiliy qoʻmita Xitoydan boshqa mamlakatda ushbu musobaqani oʻtkazish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Tashkiliy qoʻmita bu borada milliy federatsiyalarga rasmiy xabar yuborishi haqida xatda alohida taʼkidlangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169