Chempionlik maqomidan quruq qoldik. Oldinda Olimpiada yoʼllanmasi bor

Bugun Tailand yashil maydonlarida davom etayotgan futbol boʼyicha U-23 Osiyo chempionatining yarim final bahslariga start berildi. Yarim finalning ilk bahsida Oʼzbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Аrabistonilik tengdoshlariga qarshi oʼyin bilan boshlab, kichik hisobda magʼlubiyatga uchradi.

Eʼtiborlisi, ushbu oʼyinning gʼolibi Tokio – 2020 Olimpiya oʼyinlarida ishtirok etish uchun yoʼllanmani qoʼlga kiritar edi va ilk yoʼllanma Saudiya Аrabistoni olimpiya terma jamoasiga nasib etdi.

Futbolchilarimiz garchi magʼlubiyatga uchrashgan boʼlsada, Olimpiya oʼyinlarining soʼngi uchinchi yoʼllanmasi uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega. Bu borada vakillarimiz birozdan soʼng yakuniga yetadigan Janubiy Koreya va Аvstraliya olipiya terma jamoalarining oʼrtasida oʼzaro oʼyinda magʼlubiyatga uchragan terma jamoa ustidan gʼalaba qozonish talab etiladi.

Eslatib oʼtamiz, U-23 Osiyo chempionatining uchinchi oʼrin uchun kechadigan bahsi 25 yanvar kuni boʼlib oʼtadi.

U-23 Osiyo chempionati, yarim final.

Saudiya Аrabistoni - Oʼzbekiston 1:0 (0:0, 1:0).
Tailand, Bangkok shahri, “Rajamangala” stadioni”.

Gol: Nosir Salmon Аl Omran (87).

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169