Bugun hayot-mamot jangi: Futbolchilarimiz tarixda qolish uchun kurash olib boradi

Bugun Tailand yashil maydonlarida davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatining yarim final bahslariga start beriladi.

E’tiborlisi, yarim finalning ilk bahsini O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistonilik tengdoshlariga qarshi o‘yin bilan boshlab berishadi.

Ushbu o‘yinning ahamiyati ikkala terma jamoa uchun ham juda muhim. Sababi g‘alaba qozongan jamoaga shu yilning yozida bo‘lib o‘tadigan to‘rt yillikning nufuzli musobaqasida ishtirok etish yo‘llanmasi taqdim etiladi.

Osiyo chempionatining ushbu yosh toifasida amaldagi chempion hisoblangan hamyurtlarimiz bugungi o‘yinda g‘alaba qozona olishsa o‘ziga xos tarix yaratishadi. Sababi, shu paytgacha O‘zbekiston sportchilari Olipiya o‘yinlarida jamoaviy bahslarda ishtirok eta olishmagan. Bu borada futbolchilarimiz ilk yo‘llanma sohibiga aylanishi mumkin.

Ishonamizki, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish uchun imkoniyatlar yetarli. Biz futbolchilarimiz va murabbiylarimizga ishonamiz. Olg‘a yigitlar!

U-23 Osiyo chempionati, yarim final.
Saudiya Arabistoni U-23 – O‘zbekiston U23
Tailand, Bangkok shahri, “Rajamangala” stadioni, soat 15:15.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
26.05.2020 | 19:51
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169