“Universiada” sport oʼyinlariga ikki kundan soʼng start beriladi

Xabaringiz bor, oldin har uch yilda bir marta Oʼzbekistondagi mavjud oliy oʼquv yurtlari talabalari oʼrtasida “Universiada” sport oʼyinlari oʼtkazilar edi.

Eʼtiborlisi, joriy yildan boshlab 2000 yildan buyon muntazam tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari yangicha formatda boʼlib oʼtadi. Endilikda musobaqaning final bahslariga bitta hudud mezbonlik qilmaydi va musobaqa har yili muntazam ravishda tashkil etiladi.

Yana ikki kundan soʼng start oladigan musobaqaning final bahslari joriy yilning 4 iyun kuniga qadar davom ettiriladi va musobaqalar mamlakatimizning turli hududlarida tashkillashtiriladi.

Bu yilgi “Universiada” sport oʼyinlarining final bosqichida 1 yarim mingdan ziyod talabalar sportning 12 turi boʼyicha gʼoliblik uchun kurash olib boradilar.

Dastlabki musobaqa 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahrida sportning shaxmat turidan boʼlib oʼtadi. “Аql gimnastikasi”da tengdoshlari orasida tengsiz ekanliklarini isbotlash uchun 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar kurash olib boradilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169