Afsonaviy Chusovitina Tokio olimpiadasidan keyin faoliyatini yakunlaydi, ammo...

Bugun poytaxtimizdagi Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida nafaqat oʻzbek, balki dunyo sport gimnastikasining tirik afsonasi boʻlmish Oksana Chusovitina ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining vitse-prezidenti Ruslan Mustayev ham ishtirok etdi.

Taʼkidlash kerak, joriy yil 24-iyul – 9-avgust kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida tashkil etiladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oksana faoliyatidagi sakkizinchi mana shunday nufuzli musobaqada ishtirok etadi. Bu bilan u jahon rekordini yana bir marotaba yangilaydi.

Anjuman avvalida Chusovitina Tokiodagi musobaqa uning uchun katta sportdagi soʻnggi turnir boʻlishini, shundan keyin u professional sportdagi faoliyatini yakunlashini maʼlum qildi.

  • Tokio-2020 olimpiadasidan keyin professional faoliyatimni yakunlayman, biroq bu mening sportni tark etishimni anglatmaydi. Men kelgusida oʻz maktabimni ochish va yillar davomida toʻplagan boy tajribamni yoshlarga oʻrgatish niyatidaman. Fursatdan foydalanib, oʻz maktabimni ochishga yaqindan yordam bergan Toshkent shahar hokimligiga ham minnatdorlik bildiraman, — dedi anjumanda Oksana Chusovitina.

Tokio-2020 olimpiadasiga qadar Oksana Chusovitina 7ta nufuzli musobaqada ishtirok etishni rejalashtirgan. Ularning dastlabkisi fevral oyida AQSHda oʻtkaziladi. Keyin esa Jahon kubogi bosqichlari (10-16-mart, Boku, 16-22-mart Doxa)da ishtirok etadi.

  • Hamma yaxshi biladi – mening asosiy maqsadim Olimpiada oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilish. Bu boradagi imkoniyatlarimga kelsak, final bosqichiga chiqadigan barcha sportchida imkoniyat boʻladi. Musobaqada gʻolib chiqish uchun avvalo oʻzimdagi hayajonni yengishim talab etiladi. Qolganini vaqt koʻrsatadi, — dedi Oksana boʻlajak Olimpiya oʻyinlaridagi imkoniyatlari borasida toʻxtalib.

Shuningdek, sportimiz faxri tadbirda jurnalistlarni yana bir ajoyib yangilikdan voqif qildi. Gap shundaki, Oksana faoliyatini yakunlagach, 2020-yil 14-noyabr kuni “Humo Arena” koʻp tarmoqli muz saroyida oʻzining “Mening yoʻlim” nomli teatrlashtirilgan katta shou-dasturini taqdim etadi. Dasturda dunyo tanigan sport yulduzlari hamda shou-biznes vakillari ham qatnashishi rejalashtirilgan.

  • Shou-dastur ustida hozirdan katta jamoa ishlamoqda. Ushbu dastur uchun chiqarilgan chiptalarni avvalo bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga tarqatamiz. Maqsadimiz – bu dastur ular uchun oʻziga xos mahorat maktabi vazifasini oʻtasin, — deb taʼkidladi Chusovitina.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.01.2021 | 20:32
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169