Olimpiyachilarimiz yutqazib ham keyingi bosqich masalasini hal etishdi

Xabaringiz bor, Tailand davlatida futbol boʼyicha U-23 Osiyo chempionati bahslari boʼlib oʼtmoqda.

Musobaqaning 3-tur oʼyinlari doirasida Oʼzbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi toʼp surishdi.

Oʼta murakkab kechgan oʼyinda hamyurtlarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʼyishdi. Аmmo, magʼlubiyatga qaramasdan futbolchilarimiz chorak final masalasini ijobiy hal etishdi.

Guruhning ikkinchi oʼyinida Eron terma jamoasi vakillari xitoylik tengdoshlarini kichik 1:0 hisobida magʼlub etishdi. Oʼzbekiston va Eron olimpiya terma jamoalarining ochkolari soni bir xil 4 tani tashkil etdi.

Toʼplar nisbatidagi holat hamyurtlarimizga chorak final yoʼllanmasini taqdim etdi.

U-23 Osiyo chempionati
Oʼzbekiston - Janubiy Koreya 1:2 (1:1, 0:1).
Tayland, Bangkok shahri. “Tammasat” stadioni.

Gollar: Bobir Аbduholiqov (22) - Jong Sung Von (5), Oh Se Xun (71).

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169