Yurtimizga IJF prezidenti kelyapti, Toshkent Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan Oʼzbekistonga kelyapti.

Janob Vizer bugun tunda, soat 02:30da Moskva - Toshkent avia reysi bilan poytaxtimizga uchib keladi. Tashrifdan koʼzlangan maqsad - Oʼzbekiston hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi oʼrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʼtarish, ikki tomonlama Memorandum imzolash va eng muhimi 2021 yili kattalar oʼrtasida oʼtkaziladigan jahon chempionati mezbonligini mamlakatimizga topshirishdan iboratdir.

Xabaringiz bor, Olimpiada yilida jahon chempionati oʼtkazilmaydi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʼlsak, navbatdagi jahon chempionati kelasi yili Toshkent shahrida tashkil etiladi. Koʼp tarmoqli, muhtasham "Humo Аrena" oʼzida dunyo dzyudo yulduzlarini jam qiladi.

Poytaxtimizga nufuzli musobaqa mezbonligining berilishi oʼz-oʼzidan boʼlgani yoʼq. Oʼtgan yili aynan "Humo Аrena"da Toshkent Gran-prisi yuqori saviyada, muvaffaqiyatli tarzda oʼtkazilgandi. Bunga ishtirokchi davlat rasmiy delegatlari, murabbiylar, sportchilar va tabiiyki IJF mutasaddilari ham ijobiy baho berishgan edi.

Marius Vizerning tashrifiga doir tadbirlar ertaga soat 14:00dan boshlab Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasida oʼtkaziladi. Аvvaliga 2021 yilgi kattalar oʼrtasidagi jahon chempionati hamda IJFning yillik Kongressini Toshkentda oʼtkazish boʼyicha shartnoma imzolanadi. Keyin Xalqaro dzyudo federatsiyasining "Dzyudo maktablarda" dasturi yuzasidan Memorandumga imzo chekiladi. Shartnoma imzolanishida bizdan Oʼzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirliklari mutasaddilari ishtirok etishadi.

Shundan soʼng Marius Vizer ishtirokida matbuot anjumani oʼtkaziladi. Unda IJF prezidenti tadbirda hozir boʼlgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga atroflicha javob beradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169