Sport kurashchilarimiz Italiyaga yoʼl olishdi

14 yanvarga oʼtar kechasi sport kurashchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Rim shahriga yoʼl olishdi.

15-18 yanvar kunlari Rimda yunon-rum, erkin kurash boʼyicha Tokio olimpiadasiga reyting ochkolari taqdim etuvchi yilning dastlabki xalqaro turniri boʼlib oʼtadi.

Terma jamoamizdan bir nafar erkin kurashchi, oʼn bir nafar yunon-rum kurashchilari yettita vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etadi. Shuningdek, ushbu musobaqada xalqaro toifadagi referi Tohir Gʼulomov ham ishlaydi. U ham bugun Oʼzbekiston terma jamoasi bilan koʼhna qitʼaga yoʼl oldi.

Terma jamoa tarkibi:

Erkin kurash:

Rashid Qurbonov (-86 kg)

Yunon-rum kurashi:

Islomjon Bahromov (-60kg)
Feruz Toʼxtaev (-60kg)
Mirzobek Rahmatov (-67kg)
Mahmud Baxshilloev (-67kg)
Аram Vardanyan (-72kg)
Nurbek Xashimbekov (-77kg)
Jalgasbay Berdimuratov (-82kg)
Temurmirzo Mamajonov, (-97kg)
Muhammadali Shamsiddinov, (-97kg)
Jahongir Turdiev (uchchalasi ham (-97kg)
Moʼminjon Аbdullaev (-130kg)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
06.04.2020 | 15:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169