“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi

Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida harbiylar va talaba-yoshlar oʼrtasida davra suhbatlari oʼtkazilmoqda. 

Xususan, “Tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasida Mudofaa vazirligi faxriysi, Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik-muhandislik bilim yurti Аrtilleriya brigadasining zaxiradagi podpolkovnigi N.Gulbaev, katta leytenant S.Sobirov, katta serjant X.Аbdiev, serjant Sh.Joʼraboev, “Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi”da polkovniklar D.Sagatov, I.Muhammadiev, S.Kondratьevlar ishtirokida “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” deb nomlangan maʼnaviy va maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq shahar harbiy faxriylar Kengashi aʼzolari O.Sin, M.Usmenov “Ogʼir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati”, “Suv sporti va eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati”, “Engil atletika nazariyasi va uslubiyati” kafedralari tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda mehmon sifatida ishtirok etishdi.

Tadbirda mehmonlar talaba-yoshlarga Vatanni sevish, uni asrab-avaylash har bir insonning burchi ekanini alohida taʼkidlab oʼtishdi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi yoʼlida xizmat qilayotgan vatandoshlarimizni qutlab, ushbu sharafli yoʼlda zafarlar tilashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169