Erkin kurashchimizdn terama jamoamiz uchun navbatdagi medal qoʼlga kiritildi

Аyni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida erkin kurash boʼyicha xalqaro musobaqa boʼlib oʼtmoqda.

Xabaringiz bor, kecha ogʼir vazndagi sportchimiz Hasanboy Rahimovning musobaqaning bronza medali uchun kurash olib borishi haqida maʼlum qilgan edik.

Eʼtiborlisi, allaqachon Tokio Olimpiadasi yoʼllanmasini qoʼlga kiritib boʼlgan hamyurtimiz Hasanboy Rahimov -125 kg vazn toifasida musobaqaning bronza medali uchun kechgan bahsda Rahimov Turkiyalik Husayn Jivelekka qarshi gilamga chiqdi va raqibini magʼlubiyatga uchratdi.

Ushbu gʼalabadan soʼng, Oʼzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni toʼrttaga yetdi. Eslatib oʼtamiz, bundan avval musobaqa doirasida hamyurtlarimiz Ilyos Bekbulatov (-70 kg) oltin, Gʼulomjon Аbdullaev (-57 kg) kumush va Magomed Ibragimov (-97 kg) bronza medallarini qoʼlga kiritishgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
08.08.2020 | 14:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169