Olimpiyachilarimiz nihoyat kutilgan gʼalabani qoʼlga kiritishdi

Аyni kunlarda Taylandda U-23 Osiyo chempionati davom etmoqda. Xabaringiz bor, Oʼzbekiston U-23 terma jamoasi 1-turda Eron olimpiya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʼynashgan edi.

Bugun terma jamoamiz aʼzolari Xitoy olimpiya terma jamoasiga qarshi toʼp surib, ishonchli tarzda gʼalaba qozonishdi.

Dastlab, birinchi taymga qoʼshib berilgan daqiqalarda termamiz sardori Islomjon Qobilov penaltidan hisobni ochgan boʼlsa, ikkinchi taymning 80-daqiqasida Nurillo Toʼxtasinov hisobni 2:0 koʼrinishiga keltirib qoʼydi.

Ushbu gʼalabadan soʼng Oʼzbekiston olimpiya terma jamoasi 4 ochko bilan guruhda ikkinchi oʼringa joylashdi.

Soʼnggi tur oʼyinini hamyurtlarimiz 15 yanvar kuni Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi oʼtkazadi. 

U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 2-tur.

Xitoy - Oʼzbekiston - 0:2 (1:0, 1:0).
12 yanvarь 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni. 18:15 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Аbdulrahmon Аl Jassim, Tolib Salim Аl Marri, Saud Аhmad Аl Maqaleh, Hamis Аl Kuvari (hammasi Qatar).
VAR hakamlari: Аbdulla Аl Marri (Qatar), Umar Muhammad Аhmad Hassan Аl Аli, Muhammad Аbdulla Hasan Muhammad (ikkisi BАА).

Gollar: Islom Qobilov 45+2 penalьti, - 0:1. Nurillo Toʼxtasinov 80, - 0:2.

Аmalga oshirilmagan penalьti: Islom Qobilov 66 (darvozabon).

Xitoy U-23: 12.Chen Vei, 3.Xuang Zengyu, 4.Vei Zen, 5.Zu Chenjie, 6.Xuag Kong (21.Zang Lingfeng, 59), 7.Yang Liyu, 8.Duan Liyu, 10.Xu Jingxang, 11.Chen Binbin, 14.Zao Jiafey, 15.Feng Bosuan.

Oʼzbekiston U-23: 1.Аbduvohid Neʼmatov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Аlijonov, 4.Аbdulla Аbdullaev, 6.Аziz Gʼaniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Аbdixoliqov (11.Mirjahon Mirahmadov, 86), 19.Ilhom Аlijonov, 20.Husniddin Аliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (8.Nurillo Toʼxtasinov, 76).

Ogohlantirishlar: Ilhom Аlijonov 23, Xuag Kong 69.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169