III oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlari: ilk urinishda hamyurtimizning omadi chopmadi

Xabar berganimizdek, Shveysariyaning Lozanna shahrida davom etayotgan III oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida terma jamoamiz vakili Valeriya Kovalyova bugun oʻz ishtirokini boshladi. U togʻ changʻisining super gigant yoʻnalishida startga chiqdi.

Togʻ changʻisi musobaqalari Lozanna shahridan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Les Diabrales togʻidagi changʻi kompleksida oʻtkazilmoqda. Valeriya bugun 70-raqam ostida startga chiqdi. Afsuski vakilamizning bugungi urinishi omadsiz chiqdi.

Biroq, tushkunlikka tushishga hojat yoʻq, chunki oldinda Kovalyovani yana ikki kundan keyin oʻtkaziladigan slalom yoʻnalishidagi bahslar kutib turibdi.

Shu oʻrinda oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz ishtirokiga nazar tashlasak. Ilk bora 2012-yili Insbruk shahrida (Avstriya) oʻtkazilgan I oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tarkibida atigi bir nafar (togʻ changʻisi boʻyicha Arkadiy Semenchenko) sportchi ishtirok etgan. Biroq u sovrindorlar safidan joy ololmagan.

2016-yil Lillexammer shahrida (Norvegiya) oʻtkazilgan II oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi yoʻllanmalarni qoʻlga kirita olmagandi. Lozanna shahri mezbonlik qilayotgan III oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida ham mamlakatimiz sport delegatsiyasi faqat bir nafar sportchi bilan bilan ishtirok etmoqda va asosiysi hali vakilamizda musobaqani muvaffaqiyatli yakunlash uchun imkoniyat bor.

Mabodo hamyurtimiz musobaqada omadsizlikka uchrasa ham bundan fojia yasamaslik kerak. Asosiysi, bu kabi nufuzli musobaqalarda ishtirok etish.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169