Birozdan soʼng sportchimiz qishki Olimpiya oʼyinlarida startga chiqadi

Joriy yilning 9 yanvar kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida yoshlar oʼrtasida III qishki Olimpiya oʼyinlariga start berilgan edi.

Oldinroq xabar berganimizdek, bugun ushbu Olimpiya oʼyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yagona sportchimiz Valeriya Kovalyova musobaqalardagi ishtirokini boshlaydi.

Qishki sport turlaridan togʼ changʼisining gigant slalom yoʼnalishida gʼoliblik uchun kurash boshlaydigan hamyurtimizning chiqishlari Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da boshlanishi kutilmoqda.

Ushbu musobaqalar Lozanna shahridan taxminan 80 km uzoqlikda joylashgan Debrelis togʼli oʼrmonida qishki sport turlariga ixtisoslashgan changʼi yoʼlaklari maydonida boʼlib oʼtadi.

Аyni paytda sportchimiz Valeriya Kovalyova oʼz murabbiyi Аndrey Voronov bilan koʼtarinki kayfiyatda musobaqadagi dastlabki ishtirokiga jiddiy hozirlik koʼrmoqda. Biz bugungi musobaqalardan keyin ham Valeriyada aʼlo kayfiyat saqlanib qolishiga ishonamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169