Ertaga Toshkentda yirik marafon oʼtkaziladi

Ertaga, 12 yanvar (yakshanba) kuni Toshkent shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʼishlab, yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida yugurish marafoni oʼtkaziladi.

Marafonga soat 10:00da Mudofaa vazirligi binosi oldidan start beriladi. Ushbu marafonda siz tinchligimiz posbonlari va sportimiz yulduzlari bilan birgalikda musobaqalashish imkoniyatiga ega boʼlasiz.

Shuningdek, marafonning har bir ishtirokchisiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan futbolka va sport bosh kiyimi taqdim etiladi.

Musobaqada ishtirok etuvchilar soat 9:30gacha roʼyxatdan oʼtkazilishini maʼlum qilamiz. Ushbu maroafonda ishtirok etish uchun barcha poytaxtliklar va poytaxtimiz mehmonlarini taklif etamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
08.08.2020 | 14:53
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169