Yetakchi kompaniyalar Oʻzbekistonda nufuzli sport musobaqalarini tashkil etishga qiziqmoqda

Xabaringiz bor, shu kunlarda Shveysariyaning Lozanna shahrida III oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini togʻ changʻi sportida Valeriya Kovalyova himoya qiladi. III oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlarida mamlakatimiz sporti mutasaddilari ham ishtirok etishmoqda. Safar mobaynida Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari bir qator rasmiy uchrashuv, tadbir va brifinglarda qatnashib, mamlakatimiz sporti uchun manfaatli boʻlgan muzokaralar olib borishyapti.

Shunday uchrashuvlardan biri kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov hamda “bcw” kompaniyasi rahbari Lars Xayu Pederson oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda MOQ prezidenti maslahatchisi Sherzod Asatullayev, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Bahodir Mamatnazarov hamda MOQ xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nargiza Xolmirzayevalar ham qatnashdi.

“bcw” kompaniyasi bir qator katta masshtabdagi musobaqalarni yuqori darajada tashkil etilishida mezbon mamlakatlarga yordam berib keladi. Jumladan, tashkilot 2017-yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarini ham yuqori saviyada tashkil etilishiga munosib hissa qoʻshgan.

Sir emaski, Oʻzbekiston ham yaqin kelajakda nufuzli kompleks sport musobaqalariga mezbonlik qilishni maqsad qilgan va shu yoʻnalishda amaliy harakatlarni boshlab yubordi. Tabiiyki, uchrashuvning bosh mavzusi yaqin yillar ichida mamlakatimizda ham shunday yirik musobaqalarni tashkil qilish boʻldi.

Uchrashuv chogʻida “bcw” kompaniyasi oʻz takliflarini taqdim qildi. Oʻz navbatida mamlakatimiz delegatsiyasi “Oʻzbekistonda turizm va sport” mavzusida taqdimot namoyish qildi.

Oʻzbekiston tomoni hozirda yirik sport musobaqalarini muvaffaqiyatli oʻtkazish maqsadida bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bundan koʻzlangan maqsad – yurtimizda qitʼa va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishdir.

Tadbir yakunida esa tomonlar hurmat belgisi sifatida oʻzaro sovgʻa almashishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
21.01.2020 | 21:33
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169