Ilmiy-amaliy anjumanda jangovar kurash qoidalari tushuntirildi

Xabar berganimizdek, Toshkentda Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan “Oʻzbek kurashining tarixi, buguni va istiqboli” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda. Bugun anjuman doirasida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Amaliy mashgʻulotlar davomida kurash qoidalarida hakamlar uchun bahsli vaziyatlar muhokama qilinib, aniqlik kiritildi.

Tadbirda zamonaviy kurash qoidalari asoschisi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Komil Yusupov soʻzga chiqib, milliy qadriyatimiz boʻlgan kurashning anʼanalarini saqlab qolgan holda unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, baholash mexanizmini takomillashtirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

  • Bir paytlar biz kurashni dunyoga olib chiqamiz, deganda koʻpchilik kulgandi. Bugun Xalqaro sportga aylandik. Endi asosiy maqsad – Olimpiya oʻyinlari oilasiga kirish. Bu ham hozir boshqalar uchun guyoki erishib boʻlmas orzuga oʻxshaydi. Lekin, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qoʻllab-quvvatlashi bizga kuch beradi. Bunga albatta erishamiz. Kurashning Vatani Oʻzbekiston va bugun biz dunyoga kurashni targʻib qilish va xalqimizning qadriyatlarini yetkazishimiz kerak, — dedi Komil Yusupov.

Amaliy mashgʻulotlarda terma jamoamiz aʼzolari, murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi. Shuningdek, mashgʻulotlar davomida yangi jangovar kurash yoʻnalishining qoidalari ham tushuntirildi. Unda ham jangovar usullar qoʻllangan holda kurashning insonparvarlik gʻoyalariga rioya qilinishi shartligi, yuzga urmaslik, tizzalab kurashmaslik kabi qoidalar asosiy mezon boʻlishi tushuntirildi. Shuning bilan ikki kun davom etgan ilmiy-amaliy anjuman oʻz nihoyasiga yetdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169