Eldor Shomurodov Surxondaryoda master-klass oʼtkazdi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar orasida ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʼlga qoʼyish boʼyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Shulardan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan boʼlib, bu borada yurtimiz boʼylab Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 3 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Аngor tumanida ham yosh sportchi – oʼquvchilar bilan jahon arenalarida yurtimiz dovrugʼini dunyoga taratayotgan mashhur futbolchimiz Eldor Shomurodov oʼrtasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oʼzbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” klubi aʼzosi Eldor Shomurodov yosh sportchilarga oʼzining muvoffaqiyatlari siri va bugungacha bosib oʼtgan yoʼli haqida soʼzlab berdi. Suhbat yakunida u yosh futbolchilarga master-klass oʼtab berdi.

Tadbirda shuningdek, tuman Jismoniy tarbiya va sport boʼlimi mutasaddilari va tuman prokurori ham ishtirok etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar yurtimizda ommaviy sportni yanada rivojlantirish va oʼsib kelayotgan yosh-avlodlar ichidan yangidan-yangi chempionlarni yetishtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan yilda Oʼzbekistonda “Yilning eng yaxshi futbolchisi” va “Xalqaro maydonlarda oʼzbek sportini targʼib qilgani uchun” mukofotlarini qoʼlga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169