Eldor Shomurodov IFFHS reytingida Lionel Messini ortda qoldirdi

IFFHS – Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 2019 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar xalqaro musobaqalarda eng koʼp gol kiritgan futbolchilar reytingini eʼlon qildi.

Ushbu reytingga 34 futbolchi kiritilgan boʼlib, ularning koʼrsatkichlari oʼz mamlakati terma jamoasi va klub safida xalqaro bahslarda kiritgan gollari boʼyicha tuzib chiqilgan.

Eʼtiborlisi, ushbu reytingdan hamyurtimiz Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ham joy oldi. Iqtidorli futbolchimiz oʼtgan yilda Oʼzbekiston milliy terma jamoasi safida umumiy hisobda 13 ta gol kiritdi. Shomurodov toʼp surayotgan “Rostov” yevrokuboklardan tashqarida qolganligi uchun klubi safida xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etolmagan boʼlsada, terma safidagi gollari unga bu reytingning 11-pogʼonasidan joy olishida xizmat koʼrsatdi.

Eldor Shomurodov reytingda jahon futboli yulduzi, 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messini ortda qoldira oldi. Shuningdek, hamyurtimiz osiyolik yulduzlar Son Hyon Min va Sardor Аzmundan ham oldinda joylashgan.

Reytingning birinchi pogʼonasini Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 21 ta gol bilan qoʼlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʼrinlarda 19 tadan gol bilan Аli Mabxut va Harri Keyn joy olishdi.

 2019 yilda xalqaro maydonda eng koʼp gol urgan futbolchilar: (01.01.2019 – 31.12.2019)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169