Regbi boʼyicha ochiq birinchilik gʼoliblari aniqlandi

Аvval xabar qilganimizdek, joriy yilning 27 dekabr kuni Fargʼona viloyatida sportning regbi turi boʼyicha “Viloyat ochiq birinchiligi” musobaqasi start olgan edi.

Fargʼona Davlat Universitetining sport majmuasida tashkil etilgan musobaqa bugun, 29 dekabr kuni oʼz yakuniga yetdi va gʼoliblar aniqlandi.

Ushbu musobaqa Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi “Regbi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash va ushbu sport turining aholini oʼrtasida keng targʼib etish maqsadida oʼtkazildi.

Mazkur nufuzli musobaqada Fargʼona viloyatidagi 15 ta korxona, tashkilot va huquqni muxofaza qiluvchi organlarining ishchi xodimlaridan tashkil topgan jamoalari ishtirok etdilar.

Qiziqarli oʼtgan musobaqada faxrli 3-oʼrinni viloyat terma jamoasi, 2-oʼrinni viloyat IIB jamoasi egallagan boʼlsa, 1-oʼrinni Sharqiy harbiy okrugining “Jasorat” jamoasi qoʼlga kiritdi.

Shuningdek, 7 ta nominatsiya boʼyicha faol oʼyinchilar viloyat hokimligi tomonidan 1, 2, 3-darajali medal, diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169