Regbi boʼyicha navbatdagi musobaqaga bugun start berildi

Bugun, 27 dekabr kuni Fargʼonada sportning regbi turi boʼyicha viloyat ochiq birinchiligi start oldi.

Ushbu musobaqa Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi “Regbi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4500-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Regbi sport musobaqasini oʼtkazish orqali bu sport turini aholining keng qatlamlari oʼrtasida faol targʼib qilish va ommalashtirish, salomatliklarini tiklashga koʼmaklashish va ularning sport orqali maroqli hordiq chiqarishlarini taʼminlashdan iborat.

Mazkur musobaqada Fargʼona viloyatidagi barcha tashkilot va muassasalarning regbi jamoalari ishtirok etishmoqda.

Ushbu musobaqa Fargʼona davlat universitetining sport majmuasida 29 dekabrga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169