Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasiga yangi rais saylandi

Yaqinda Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferensiyani federatsiya kengashi raisi Erkin Abzalov olib bordi. Unda dastlab qilingan ishlar yuzasidan federatsiya kengashi hamda taftish komissiyasining 2019-yil uchun hisoboti tinglandi. Konferensiyada tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi va Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi raisi etib bir ovozdan Nabi Joʻrayev saylandi.

Shuningdek, M.Abdunazarov, M.Nurmamatov va B.Xoldorov federatsiyaning Taftish komissiyasiga, Sh.Toʻlaganov, E.Abzalov, Sh.Bekqulov, I.Chorshanbiyev, Sh.Aripdjanov, B.Kamolov Ijroiya qoʻmitasi aʼzoligiga saylandi.

Anjumanda soʻz olgan Nabi Joʻrayev mahalliy hokimliklarning ushbu sport turini ommalashtirish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish, federatsiyaning hududiy boʻlimlari faoliyatini jonlantirish, respublika uloq-koʻpkari musobaqalarini tashkillashtirish va ushbu musobaqalarda viloyat terma jamoalari chavandozlari ishtirokini taʼminlash, xalqaro uloq-koʻpkari federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 25-28-dekabr kunlari Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi tashabbusi bilan Namangan viloyati markaziy otchoparida koʻpkari musobaqasi boʻyicha Respublika chempionati boʻlib oʻtadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169