Sirdaryolik trener va sportchilar “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” nomi ostida oʻtkazilgan fleshmobda faol ishtirok etishdi

Bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Alpomish” sport majmuasida “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi vakillari hamda trener va sportchilar faol ishtirok etdi. Sportchilardan akademik eshkak eshish turi boʻyicha Osiyo oʻyinlari gʻolibi Shahboz Abdujabborov, erkin kurash boʻyicha Tokio-2020 olimpiadasiga nomzod boʻlgan Nigora Bakirova hamda universal jang boʻyicha jahon chempioni Alisher Abdullayev soʻzga chiqib, joriy yilning 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyat va tuman kengashlariga deputatlar saylov jarayonlari toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Fleshmob qatnashchilari ushbu saylovlar ertangi kunimiz uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor qayd etib, barchani saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169