Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida seminar oʻtkazildi

Joriy yilning 13-dekabr kuni Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida seminar oʻtkazildi. Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-sonli qarorining mazmuni va mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, tizim tashkilotlari oʻrtasida aloqalarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash boʻlimi boshligʻi Zokir Rasulov maʼruza qildi.

Shuningdek, mazkur seminarda tuman, shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari boshliqlari, sport taʼlim muassasalari rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari, instruktor-metodist va katta trenerlari, sport federatsiyalari masʼullari qatnashishdi.

Unda mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda kiritilgan oʻzgarishlar haqida soʻz yuritildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169