Ogʻir atletika: atletlarimizdan yana oltita medal, ulardan bittasi oltin

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Xitoyning Tyanszin shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqaning bugungi dasturi ham hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bugungi bahslar doirasida qizlar oʻrtasida -81 kg vaznli atletimiz Tursunoy Jabborova ham jamoamiz hisobiga uchta medal qoʻshib qoʻydi.

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 100 kg, siltab koʻtarishda 120 kg, ikkikurashda esa 220 kg toshni oʻziga boʻysundirdi va har uchchala yoʻnalishda ham kumush medal sohibasiga aylandi.

Jahon kubogi doirasida erkaklar oʻrtasida -109 kg vaznli atletlar orasida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda esa vakillarimiz oltin medalga sazovor boʻldi. Ushbu vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Akbar Joʻrayev uchkurash yakuniga koʻra bitta oltin hamda ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz dast koʻtarishda 181 kg (kumush), siltab koʻtarishda 219 kg (oltin) va umumiy hisobda 400 kg (kumush) natija qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, kechagi dasturda hamyurtlarimizdan Sarvarbek Zafarjonov (bitta kumush va ikkita bronza) hamda Muattar Nabiyeva (uchta bronza) ham sovrindorlar safidan joy olgandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169