Pauerlifting: Osiyo chempionatida vakillarimizdan biri rekord oʻrnatdi

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-9-dekabr kunlari Qozogʻistonning Olma-Ota shahrida pauerlifting boʻyicha klassik Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqada yurtimiz sharafini 10 nafarga yaqin sportchi himoya qildi.

10 ta davlatdan kelgan koʻplab sportchilar ishtirok etgan mazkur chempionatda vakillarimiz umumjamoa hisobida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Yevgeniy Kapralov oʻz vaznida 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, kattalar oʻrtasida tortib koʻtarish yoʻnalishida esa oltin medalga ega chiqib, Osiyo rekordini oʻrnatdi.

Quyida Osiyo chempionatida boshqa sportchilarimizning qayd etgan natijalari bilan tanishing:

Rushana Kamzina 2-oʻrin

Gʻayrat Ismailov 3-oʻrin

Kemran Shirinov 2-oʻrin

Saydulla Gʻaybulayev 3-oʻrin

Xardin Konstantin 2-oʻrin

Sergey Fotiyev 3-oʻrin

Aleksandr Luzanov 1-oʻrin

Olimjon Sanaqulov 3-oʻrin

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169